Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati bo’yicha seminar o’tkazildi

Foto: Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Mamlakatning har tomonlama va jadal rivojlanishida fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini tubdan oshirish, ularning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan hamkorligini kuchaytirish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 maydagi “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5430-sonli Farmoni imzolandi.
Shuning bilan bir qatorda, sohadagi qonunchilik bazasini yanada mustahkamlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 martdagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5012-sonli Qarori hamda 2021 yil 4 martdagi “2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonida tasdiqlandi.
Mazkur Qaror va Farmonda nodavlat notijorat tashkilotlarni sohaga oid bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, ular o‘rtasidagi hamkorligini ko‘chaytirish shuningdek, yangi tashkil etilayotgan tashkilotlarga davlat ruyxatidan o‘tishdagi bir qancha imtiyozlar belgilab berilgan.
Bugungi kunda, Sirdaryo viloyat hokimligi, Sirdaryo viloyat Adliya boshqarmasi, Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi huzuridagi Jamoat fondi hamda O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy asosatsiyasi viloyat bo‘linmasi hamkorligida ushbu Qaror va Farmonda ko‘zda tutilgan imtiyoz va qulayliklar xususida viloyatimizning barcha tuman va shaxarlar xududlarida faoliyat yuritayotgan NNT, OAV lari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasida keng targ‘ibot va tashviqot etishga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda.
Ana shunday tadbirlar joriy yilning 22 iyun kuni Shirin shahrida tashkil etildi.

Foto: Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati
Foto: Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

“Nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish orqali davlat dasturlarida belgilangan vazifalarni bajarishda ijtimoiy sheriklik munosabatlari mexanizmi va shakllarini yanada takomillashtirish” seminarida Sirdaryo viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Tog‘aev, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy asosatsiyasi viloyat bo‘linmasi rahbari Sh.Mamaraximov hamda Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi huzuridagi Jamoat fondi direktori Sh.Bobojonovlar ishtirok etishdi.
Mazkur tadbirlarda hududida faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Foto: Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Seminar davomida ishtirokchilarga soha mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 martdagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5012-sonli Qarori hamda 2021 yil 4 martdagi “2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni va unda ko‘zda tutilgan imtiyozlar hususida shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini samarali tashkil etish, davlat grantlar tanlovida ishtirok etish tartib qoidalari, ijtiomiy grant loyihalarini yozish va undan samarali foydalanish mexanizmlari va sohaga oid boshqa yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalar berib o‘tildi. Shu bilan birgalikda, shahar hokimi S.Sultonov NNT faoliyatini hududda samaradorligini oshirish yuzasidan o’z fikrlarini bildirib o’tdi.

Foto: Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati
Foto: Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Shu kuni ishtirokchilar tomonidan soha faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan takliflar bildirish barobarida, qiziqtirgan bir qancha savollarga javob olishdi.
Yig‘ilish so‘ngida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha bildirilgan takliflarga asosan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan