Saytimizga hush kelibsiz !

«Sirdaryo IES» korxonasida «Kibermadaniyatni yuksaltirish» oyligi doirasida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

«Sirdaryo IES» korxonasida Sirdaryo viloyatida Kibermadaniyatni yuksaltirish-kompleks targ‘ibot-tashviqot oyligini doirasida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda shahar IIB boshlig‘i, oylik doirasida tashkil etilgan ishchi guruh aʼzolari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Masʼullar tomonidan fuqarolarimizni kibermadaniyatini oshirish maqsadida maʼruzalar hamda flayerlar tarqatildi. Qolaversa oy davomida «Eng faol mahalla», «Internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanaman», «Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling», «Eng yaxshi milliy kontent», kiberjinoyatlarga qarshi birgalikda kurashamiz kabi yo‘nalishlarda tanlovlar, kibersport musobaqalari tashkil etilganligi haqida maʼlumotlar berildi.

Targ‘ibot tadbirida fuqarolar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob olishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan