Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahar birinchi sektor rahbari aholi va yoshlar muammolarini o’rgandi

Bugungi barcha rahbarlar oldida turuvchi eng birinchi galdagi vazifa aholi muammolarini o‘rganish, ularga har jihatdan ko‘mak berish orqali ularni rozi qilishdan iborat. Joylarda rahbarlarning sayyor qabullari, yoshlar bilan uchrashayotganligi tabiiy holga aylanib ulgurdi. Davlatimiz rahbari tomonidan yaratilgan bunday tizim natijasida aholi o‘rtasida yig‘ilib qolayotgan muammolar atroflicha o‘rganilib, murojaatlar ijobiy hal etilmoqda, buning natijasida xalq va davlat o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri muloqot o’rnatilmoqda.

Joriy yilning 17 iyun kuni Shirin shahar birinchi sektor rahbari Bunyodkor mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar hamda aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda yoshlar, mahalla fuqarolari tomonidan turli xil takliflar, mulohazalar, mahalla hududida aholi uchun qulaylik yaratish borasida bir qancha murojaatlar sektor rahbari tomonidan tinglandi. Xususan, yoshlar tomonidan bildirilgan murojaatlarning aksariyati tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasida bo‘lgan bo‘lsa, fuqarolar tomonidan bildirilgan masalalarning aksariyati ichimlik suvi tarmog‘ini yaxshilash, kanalizatsiya tizimini tubdan takomillashtirish, “kuz-qish” mavsumiga tayyorgarlik borasida bo‘ldi. Shahar birinchi sektor rahbari uchrashuvda bildirilgan murojaatlarning har biri bo‘yicha alohida to‘xtalib, taxliliy ko‘rib chiqqan holda undagi masalalarning hal etilishi bo‘yicha fuqarolarga axborot berib o‘tdi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan