Shirin shahar mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi hamda shahar IIB bilan hamkorlikda oilaviy ajrimlarni oldini olish, ayollar o‘rtasidagi jinoyatchilik, huquqbuzarliklar profilaktikasi, huquqiy ong va madaniyatni yanada yuksaltirish masalalarida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish borasida joriy yilning 17-iyun kuni o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘quv seminarda viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari N.Tojiboeva hamda viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik G.Mirzabekovalar ishtirok etib, mavzuga normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida tushunchalar berib o’tdi. Shuningdek seminar davomida videoroliklar ham namoyish qilindi.



Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati