Saytimizga hush kelibsiz !

AFGʻON URUSHI JANGCHI FAXRIYLARI – E’TIBORDA

Shirin shahrida Afg‘on urushi jangchi faxriylari ishtirokida tadbir tashkil qilindi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar baynalmilal jangchilarni bayram bilan tabriklab, kelajak avlod, unib-o‘sib kelayotgan yoshlar uchun jangchilarning mardligi va jasorati, shijoati, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbati hamisha o‘rnak va namuna bo‘lib qolishini ta’kidladi.

Bir dasturxon atrofida boʻlib oʻtgan suhbatda yurtimiz kelajagi va istiqboli yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi. Shuningdek, tadbir davomida qatnashchilarga shahar hokimi tomonidan esdalik nishonlari topshirildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, afg‘on urushida 40-armiya tarkibida jami 820 ming harbiy xizmatchi qatnashgan. MDH davlatlaridan 14453 kishi halok bo‘lgan, 50 ming nafar harbiy nogiron holda uyiga qaytgan, 417 nafar zobit va askar bedarak yo‘qolgan. O‘zbekistondan hammasi bo‘lib, 64500 askar ishtirok etgan va ulardan 1522 nafari halok bo‘lgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan