Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida zamonaviy sport majmuasi ochildi

Shirin shahar Mirzo Ulug‘bek mahallasi hududidagi eski bino o‘rnida yangi, zamonaviy ko‘rinishdagi sport majmuasi qad rostladi. Bugun ushbu majmuaning ochilish marosimi o‘tkazildi.

Unda shahar sektor rahbarlari, viloyat sport boshqarmasi vakillari, aralash janglar bo‘yicha bo‘yicha jahon chempionlari, xalqaro darajadagi trenerlar, shahar faollari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mazkur zamonaviy sport majmuasi shahar aholisi uchun sog‘lomlashtirish maskaniga aylanishi, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishda muhim oʻrin tutishi, majmuada shug‘ullanish uchun barcha sharoitlar yaratilganini va yoshlar orasidan, albatta, jahon chempionlari chiqishini taʼkidlashdi.

Ushbu sport majmuasi “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi asosida tashkil etilgan bo‘lib, kelgusida 50 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. Majmua “Shirin Malibu” MCHJ tomonidan 6 mlrd 800 ming so‘m mablag‘ evaziga barpo etildi. Undan erkaklar va ayollar uchun alohida zamonaviy jihozlangan mashg‘ulot xonalari hamda aralash janglar uchun mo‘ljallangan xona va mini futbol hamda tennis maydonlari o‘rin olgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan