Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahar Bunyodkor mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi

Shirin shahar Bunyodkor mahallasida shahar hokimi Niyoz Xazratkulov hamda shahar prokurori Pustam Mamirovlar boshchiligida sayyor qabul o‘tkazilib, unda shahar tashkilot va korxona rahbarlari hamda bir guruh mahalla fuqarolari o‘z yechimini kutayotgan masalalari bilan ishtirok etishdi.

✅Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan doimiy ish bilan ta’minlash, farzandini davolatish uchun, tadbirkorlik qilish uchun kredit ajratish amaliy yordam va boshqa masalalar yuzasidan jami 8 ta murojaatlar kelib tushdi. Aksariyat murojaatlar shu vaqtning o‘zida yechimini topdi. Qolgan masalalarni hal etish bo‘yicha masʼullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan