Shirin shahar sektor rahbarlari tomonidan tegishli rahbarlar bilan birgalikda shahar hududidagi investitsiya kiritish imkoniyati mavjud boʻlgan boʻsh binolar hamda yer maydonlari xatlovdan oʻtkazildi. Shuningdek, investitsiya kiritish shartlari bilan olingan yer va binolar boʻyicha joyiga chiqqan holda tadbirkorlar bilan gaplashilib, loyihaning bajarilishi hamda mavjud muammolar oʻrganildi.