Saytimizga hush kelibsiz !

Navbatdagi sayyor qabul Farhod mahallasida oʻtkazildi

Shirin shahar sektor rahbarlari boshchiligida aholi muammolarini manzilli o‘rganish va hal etish maqsadida bugun Farhod mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi.

Unda shahar Xalq qabulxonasi vakillari, korxona va tashkilot rahbarlari hamda mahalla fuqarolari yechimini kutayotgan bir qator masalalari bilan ishtirok etishdi. Qabul davomida fuqarolardan 5 ta turli mazmundagi yaʼni, bir martalik moddiy yordam, doimiy ish bilan taʼminlash, «Ayollar daftari» ro‘yxatiga kiritish va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Aksariyat murojaatlar shu vaqtning o‘zida yechimini topdi. Qolgan masalalarni hal etish bo‘yicha masʼullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan