Qish mavsumida energoqurilmalarning ishonchli ishlashini taʼminlash maqsadida elektr stansiyada tunu kun – 24 soatlik kuchaytirilgan ish rejimi joriy etilgan.
Ayni damda korxonaning yuqori kuchlanishli (220-500 kV) ochiq taqsimlash qurilmalarida maxsus ishchi guruhlari nazorat tadbirlarini olib bormoqdalar.
Xususan, elektr qurilmalarning sovuq ob-havo vaqtida soz holatda ishlashi nazoratdan o‘tkazilib, kerakli choralar ko‘rilyapti.