Aholi muammolarini manzilli o‘rganish, yechimini kutayotgan masalalarni bartaraf etish maqsadida bugun Shirin shahar hokimi Niyoz Namazbayevich boshchiligida Xalq qabulxonasi mudiri M.Ro‘zimurodov, shahar tashkilot va korxona rahbarlari, «Mirzo Ulug‘bek» mahallasi vakillari, hokim yordamchilari ishtirokida «Mirzo Ulug‘bek» mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabulda ishtirok etgan fuqarolar kredit olish, uy-joy taʼmiri, shaxsiy va boshqa masalalarda murojaatlar qildilar. Aksariyat murojaatlarni qabul davomida hal etish choralari ko‘rilgan bo‘lsa, ayrimlariga huquqiy tushuntirish, o‘rganish va vaqt talab etadigan murojaatlarlar yuzasidan masʼullarga topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.