Shirin shahar Yoshlar markazida bosh qomusimiz qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda shahar sektor rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari, tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida shahar hokimi Niyoz Namazbayevich so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi bayrami bilan barchani tabrikladi. Shuningdek, tadbir davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar jarayonidagi faolligi va tashabbuskorligi uchun bir guruh mehnat faxriylariga «Sirdaryo viloyatining 60 yilligi» esdalik nishonlari hamda shahar tashkilotlarida fidokorona mehnat qilayotgan xodimlarga tashakkurnoma va sovg‘alar topshirildi.
Tadbir Madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan bayram dasturi bilan davom etdi.