Shirin shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi, O‘zbekiston faxriylarni qo‘llab-quvvatlash Nuroniylar jamg‘armasi shahar bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi va Shirin shahar ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda Yangi O‘zbekistonning yangi jamiyatida yangicha fikrlaydigan, chuqur bilim va salohiyatga ega sog‘lom oilalar sonini oshirish, har bir oiladagi otaning, onaning shuningdek farzandlarning o‘z vazifa va majburiyatlari borligini keng talqin qilish, nosog‘lom oilalar muhitida ulg‘ayayotgan yoshlarni sog‘lomlashtirish, ularning psixologiyasiga salbiy ta’sir qilayotgan omillarning oldini olish va mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish maqsadida «Otalar maktabi» faoliyati ish boshladi.
“Otalar maktabi” dan sog‘lom oilaga qadar prinsipi asosida hamkorlik tizimini samarali joriy qilish va takomillashtirish maqsadida Memorandum imzolandi. Har bir mahallada 5 nafar nuroniy otaxonlardan iborat maktab o‘z faoliyatini boshlaydi.
Bunda xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari va profilaktika inspektorlari doimiy ravishda hamkorlikda faoliyat olib boradi. O‘ylaymizki bu maktab faoliyati davomida shahrimizda nizoli, notinch, ajrim yoqasida turgan oilalar bartaraf etiladi, oilada erkaklar o‘rni nechog‘liq muhim ekanligi targ‘ib qilinadi.