Joriy yilning 23-noyabr kuni Shirin shahar Yoshlar markazi binosida shahar Madaniyat bo’limi hamda shahar Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi «Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-112-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, o’quvchi yoshlarning musiqiy bilim va ko’nikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga bo’lgan muhabbatini shakllantirish, yosh iste’dodlarni aniqlash va ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida «Kamalak yulduzlari» bolalar ijodiyot festivali bo’lib o’tdi.