Shirin shahar “Bunyodkor” mahallasi hududidagi boʻsh turgan yerga mevali va manzarali daraxt koʻchatlari hamda gullar ekilib, “Onalar bog‘i” barpo etildi.
“Yashil makon” loyihasi doirasida o‘tkazilgan “Onalar yashil makon uchun” aksiyasida Sirdaryo viloyati hokimi oʻrinbosari Nargiza Tojibayeva, shahar hokimining oʻrinbosari Dildoraxon Umarova, shahardagi “Oqila ayollar” harakati a’zolari, mahallalardagi nuroniy onaxonlar va xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi.
«Yaxshi niyatda onalar mehri bilan ekilgan daraxtlar nes-nobud boʻlmay shirin-shakar mevalar berishiga ishonaman» – dedi viloyat hokimi oʻrinbosari N.Tojibayeva.