Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning intellektual salohiyati va maʼnaviy saviyasini yuksaltirishda «Yosh kitobxon» ko‘rik tanlovining ahamiyati beqiyos.
Bugun Shahrimizda ko‘rik tanlovning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda, tanlov avvalida shahar markazida joylashgan Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qo‘yib, hurmat bajo qilindi. shundan so‘ng, Yoshlar markazida «Yosh kitobxon» ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda so‘zga chiqqanlar barcha ishtirokchilarni “Besh tashabbus olimpiadasi”ning mahalla, sektor hamda tuman bosqichlarida muvaffaqiyatli qatnashib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritganliklari bilan samimiy tabrikladilar hamda viloyat bosqichida ham omad tiladi.
Maʼlumot uchun: «Yosh kitobxon» tanlovida ishtirok etish uchun viloyatimizda jami 18741 nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, mahalla, sektor, tuman (shahar) bosqichlarida 10-14, 15-19, 20-30 yosh toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 33 nafar yoshlar tanlovning viloyat bosqichiga yetib kelishgan. Hududiy bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar respublika bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘lishadi.