Saytimizga hush kelibsiz !

Mehridaryo onaxonlar, aziz opa-singillar!

Sizlarni bahor ayyomi va 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etaman.

Bahor faslining ilk kunlarida butun dunyo bo‘ylab Xotin-qizlar kunini nishonlashda albatta, ramziy maʼno-mazmun bor. Zero tabiatning uyg‘onishi, yangi hayot nafasining ufurishi hayotimizga go‘zallik, qalblarimizga mehr-muhabbat olib kiruvchi ayollarimizning bayrami bilan hamohang.

Bugungi kunda mamlakatimizda ayollarning farovon hayot kechirishi hamda jamiyatda o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.

Davlatimiz rahbarining “Ayollarni rozi qilish—davlatimizning eng katta siyosatidir” degan so‘zlari bilan jamiyatimizda xotin-qizlarga bo‘lgan ehtiromning eng oliy namunasini ko‘rsatib berdilar.

Kelajagimiz bunyodkorlari bo‘lgan farzandlarimizni dunyoga keltirib, parvarishlab, voyaga yetkazadigan ayollarimizni qancha taʼriflasak, qancha ardoqlasak shuncha kam. Afsuski, biz hayot va ish tashvishlari bilan bo‘lib, turmush tarzimizda sizlarga qalb so‘zlarimizni doim ham izhor eta olmaymiz, ammo, ayollar bayrami borki siz azizlarga dilimizdagi ezgu tilaklarimizni yetkazib, tabassumingizni uyg‘otishga muyassar bo‘lamiz.

Hurmatli go‘zal va latofatli opa-singillar!

Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan yana bir bora samimiy tabriklayman.

Sizlarga, butun mamlakatimiz ayollariga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Shirin shahar hokimi
Sultonov Sarvarbek To‘lqinbek o‘g‘li

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan