Saytimizga hush kelibsiz !

Ayol borki, olam munavvar…

Hammamiz uchun aziz va moʻtabar bo‘lgan ayol zoti haqida so‘z yuritganda, avvalo, bizni dunyoga keltirgan, oq sut va mehr berib ulg‘aytirgan Ona siymosi oldida bosh egib taʼzim qilamiz. Yer yuzida muqaddas degan so‘zga eng munosib zot bu – Ona. Xalqimiz ona siymosini doimo ulug‘lab, ardoqlab yashaydi. 

Bugun 8- mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Shirin shahrida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Shirin shahrining faol, jonkuyar xotin-qizlariga shahar sektor rahbarlari tomon0idan esdalik sovg‘alari ulashildi.

Shuningdek bayram munosabati bilan shahar Madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi hamda teatr sahnalari ijro etildi.

So‘ngra tadbir ishtirokchilari uchun dasturxon yozilib, bahoriy va bayramona kayfiyat ulashildi.

Bayramingiz muborak, aziz onalar, muhtarama opa-singillar!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan