Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashidagi “Adolat” sotsial demokratik partiyasi deputatlik guruhi tashabbusi bilan Shirin shahar Tibbiyot Birlashmasi bosh shifokori B. Mamadvaliyevning joriy yil o‘tgan davr davomidagi qilingan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti
Shirin shahar Tibbiyot birlashmasi tomonidan aholi salomatligini saqlash borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shahar aholisi 16297 ta, Shirin (Boyovut tumani), Qoraqum, Fayzobod (Xovos tumani) mahallalarining aholisi bilan birga 24848 nafarni tashkil qiladi, shulardan ayollar 12589 ta, erkaklar 12259 ta, 14 yoshgacha bolalar 7318 ta, o‘smirlar 1190 ta, tug‘ish yoshdagi ayollar 5881 ta, 1 yoshgacha bolalar 533 ta.
Shirin shahar Tibbiyot birlashmasida hozirgi kunda 37 nafar shifokorlar, 264 nafar o‘rta tibbiy xodim, 149 nafar kichik tibbiy xodim va 33 nafar boshqalar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
2022-yilni 9 oylik holatiga shaharda faoliyat ko‘rsatayotgan shifokorlardan 5 nafari yoki o‘rta tibbiyot xodimlaridan 44 nafari malaka oshirib, o‘qib kelishdi. Toifaga ega shifokorlar soni 24 ta, shundan oliy toifali 16 ta, birinchi toifa 7 ta, ikkinchi toifali 1 ta. Tibbiyot birlashmasida hozirgi kunda 264 nafar o‘rta tibbiy xodim faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Shahar aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun 75 o‘ringa mo‘ljallangan shahar markaziy shifoxonasi, 250 qabulga mo‘ljallangan shahar ko‘p tarmoqli poliklinika, 1 ta qishloq vrachlik punkti 50 qabulga faoliyat ko‘rsatmoqda. 2022-yil 9 oy davrida 1129 nafar bemorlar davolanib chiqdi. O‘rin kunlari 7397 tani tashkil qildi, o‘rinlar ishi 68.6 shifoxonada bemorlarning shifo o‘rinlarida o‘rtacha davolanish kunlari 2022-yil 9 oy davomida davomida 6.9 kunga to‘g‘ri keldi.
Shifoxonada vafot etganlar soni 6 tani tashkil qildi.
Tug‘ulish soni 2021-yil 9 oylikda 110 tani absolyut sonda qayd etilib intensiv ko‘rsatkichi 3,1 ni tashkil etgan bo‘lsa 2022-yilni 9 oyligida 121 ta holatda qayd etilib intensiv ko‘rsatkichi 2.7 ni tashkil qildi. Tug‘ulish ko‘rsatkichi oshgan.
2022-yil 9 oylikda absolyut sonda 56 ta o‘lim holati qayd etilgan bo‘lib intensiv ko‘rsatkichi 1,4 ni tashkil etgan bo‘lsa, 2021-yilni shu davrida 46 ta o‘lim holati qayd etilib intensiv ko‘rsatkichi 1.2 ni tashkil qildi. Shundan 2022-yilni shu davrida bolalar o‘rtasida o‘lim holati qayd etilmagan.
Shaharda birlamchi kasallanish ko‘rsatkichi 2022-yil 9 oylik holatiga absolyut sonda 7415 ta ro‘yxatga olingan bo‘lib intensiv ko‘rsatkichi 214,5 ni tashkil etgan bo‘lsa, 2021-yil 9 oy davomida absolyut sonda 6425 ta ro‘yxatga olinib intensiv ko‘rsatkichi 233,7 ni tashkil qildi.
Shaharda umumiy kasallanish 2021-yil 9 oyda absolyut sonda 9745 ta ruyxatga olingan bo‘lib kasallanish intensiv ko‘rsatgichi 423,6 ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yil 9 oy davomida absolyut sonda 9414 ta ro‘yxatdan o‘tkazilib umumiy kasallanish intensiv ko‘rsatkichi 363,1 ni tashkil etdi.
Shahrimizda “Sog‘lom ona–Sog‘lom bola” dasturi bo‘yicha tadbiq etilayotgan milliy modeli millat genofonini yaxshilash, turmush farovonligini oshishini, sog‘lom avlodni tarbiyalash borasida olib borilayotgan ishlarimiz natijasida farzandlarimizning rivojlanishi yaxshilanmoqda. Shirin shahar Tibbiyot birlashmasiga qarashli 0-14 yoshgacha bolalar soni 7185 nafarni tashkil qiladi. 2022-yil 9 oy davomida 5 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida 516 nafar bolalar mavjud va ular to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 175 ta kasallangan bolalar aniqlanib, 245 ta bemor bolalar mavjudligi qayd etildi, 245 nafar bemorlar sog‘lomlashtirilmoqda.
Tez tibbiy yordam bo‘limi 3 ta avtoulov bilan taminlangan jami murojaat etganlar 4412 ta, shulardan ambulator 66 ta, chaqiriqlar 3341 ta, rad etilgan chaqiriqlar 13 ta, natijasiz chaqiriqlar 27 ta, bajarilgan chaqiriqlar 3306 tani tashkil etib, jami yordam ko‘rsatilgan shaxslar 3404 ta kayd etildi. Ushbu chaqiriqlarni barchasi shifokorlar tomonidan bajarilgan. 1000 aholiga nisbatan chaqiriqlar soni 136,5 intensiv ko‘rsatkichni tashkil etdi.
Shahar aholisi orasida oilada Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, tibbiy madaniyat, xonadonlar gigienasi to‘g‘risida tushunchalarni shakllantirish maqsadida tibbiyot birlashmasi shifokorlari va patronaj hamshiralari tomonidan olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari muntazam ravishda o‘thazilib kelinmoqda, bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Shirin shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i B. Mamadvaliyevning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Shahar hokimining o‘rinbosari (N. Alimova), shahar tibbiyot birlashmasi (B. Mamadvaliyev)larga:
– aholi salomatlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash, sog‘lomlashtirish ishlarini mahallabay olib borish, xatlov natijalariga ko‘ra aniqlangan kasalliklar bo‘yicha maqsadli skrininglar va sog‘lomlashtirish ishlarini olib borish;
– xatlov va patronaj natijasida xonadonlarning tibbiy ijtimoiy holati, patronajga ehtiyoji baland bo‘lgan kontingenti, aholini profilaktik ko‘rigi, aholining chuqurlashtirilgan ko‘rigi, dispanser ko‘riklari, maqsadli tibbiy ko‘riklar chora-tadbirlar rejasi bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish;
– oilada tibbiy madaniyatni oshirish va har bir kishining o‘z salomatligi va bolalari salomatligi uchun mas’uliyatini oshirishga yo‘naltirilgan dasturlarni amalga oshirish orqali aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi asoslarini shakllantirish va mustahkamlash;
– Yuqorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan har chorak yakunida tegishli mansabdor shaxslar tomonidan xalq deputatlari shahar Kengashiga yozma axborot kiritib borilsin.
3. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari shahar Kengashining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi O. Egamberdiyeva zimmasiga yuklatilsin.
4. Mazkur qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Kengash raisi S. Sultonov