2022-yil 23-sentabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy sohadagi «Eng namunali tuman va shahar» hamda «Eng namunali vazirlik va idora» tanlovlari g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida bo‘lib o‘tdi.
Komissiya tomonidan 2022-yilda o‘tkazilgan «Eng namunali tuman va shahar» tanlovida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli yo‘lga qo‘ygan, bu borada yuqori samaradorlikka erishgan hamda o‘z hududida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlagan 14 ta tuman va shahar hamda «Eng namunali vazirlik va idora» tanlovida 21 ta vazirlik va idora ishtirok etdi.
Yakuniy natijasiga ko‘ra, «Eng namunali tuman va shahar» tanlovida Yangiqo‘rg‘on tumani 1-o‘rin (82,4 ball), Sariosiyo tumani 2-o‘rin (81,2), Karmana tumani 3-o‘rinni (77,1) egalladi. Shuningdek, Zomin tumani 4-o‘rin (75,2), Shirin shahri 5-o‘ringa (72,2) loyiq ko‘rildi.