Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i iyul oyi yakuni bo‘yicha hisobot berdi

Bugun soliq idoralari “Soliqchi — tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida faoliyat olib borishmoqda. Bu jarayonda ular xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga soliq rejimi va boshqa yo’nalishlarda faoliyatlarida duch kelayotgan savollariga javob berib kelmoqda.

Xususan joriy yilning iyul oyida Shirin shahrida faoliyat yuritayotgan 320 nafar tadbirkorlik sub’ektining 78 ta muammolari o‘rganilib, imtiyozli kredit olish, dastlabki buxgalteriyasini yuritish, hisobotlarni to‘ldirish va topshirish kabi 45 dan ortiq masalalar bevosita soliq organlari xodimlari ko‘magida hal etildi.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bilan o‘tkazilgan bevosita muloqotlar va keng ko‘lamli tushuntirishishlari pirovardida 22 ta korxonadagi 96 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolarning faoliyati qonuniylashtirildi.

Joriy yilning iyul oyi davomida “Soliq hamkor” dasturi orqali Shirin shaharda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari bilan bog‘liq soliq huquqbuzarliklari to‘g‘risida jami 1 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, murojaatlarga asosan 1 ta sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazildi.

Ushbu tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlariga yo‘l qo‘ygan kamchiliklari tushuntirilib, kelgusida takrorlamasliklari yuzasidan tavsiyalar berildi.    Shirin shahar byudjetiga 2022-yilning iyul oyi uchun belgilangan 1 061,5 mln.so‘mlik prognoz, 1 201,8 mln.so‘mga (113,2 %) yoki rejaga nisbatan 140,4 mln.so‘m ortig’i bilan bajarildi.

Shirin shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig’i

Husniddin Qobilov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan