Sirdaryo viloyati Shirin shahar IIB xodimlari tomonidan, kunduzgi va tungi vaqtlarda hududlarda jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar amalga oshirilib, qonunbuzar fuqarolarga nisbatan tegishli tartibda choralar ko‘rilmoqda.
Xususan, kunduzgi va tungi vaqtlarda shahar IIB xodimlari tomonidan ko’chalar, aholi gavjum bo’lishi mumkin bo’lgan maskanlar va boshqa hududlarda jamoat tartibini saqlash, mol-mulklarni qarovsiz qoldirish va boshqa huquqbuzarlik sodir etilishini oldini borasida profilaktik tushuntirish hamda reyd tadbirlari o’tkazildi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning iyul oyida jamoat joyida spirtli ichganligi uchun 36 ta, belgilanmagan joyda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilganligi uchun 27 ta, obodonlashtirish qoidalarini buzganligi uchun 16 ta va boshqa jamoat tartibi qoidalarini buzgan 95 ta, jami 174 ta holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Shirin shahrida yuqorida keltirilgani kabi huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan shahar IIB xodimlari tomonidan profilaktik hamda reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.