Joriy yilning 19-iyul kuni Shirin shahar adliya boʼlimi va shahar Davlat xizmatlari markazi tomonidan Shirin shahar hududida joylashgan harbiy qismda harbiy xizmatchilarga va ularning oila aʼzolariga Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-113-sonli “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi, yangi qabul qilingan qonun hujjatlarning mazmun-mohiyati hamda ularga qonun-hujjatlarda belgilangan imtiyozlar yuzasidan huquqiy targʼibot tadbiri o’tkazildi.
Bundan tashqari, harbiy xizmatchilarga va ularning oila aʼzolariga qulaylik yaratish maqsadida sayyor davlat xizmatlari koʼrsatildi. Xusussan tadbirlar davomida 8 nafar fuqarodan voyaga yetmagan farzandlarini Maktabgacha taʼlim tashkilotlariga joylashtirish yuzasidan murojaatlar qabul bilinib, arizalar nazoratga olindi.