Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahar IIB boshligʻi Akmal Xolmatov keng jamoatchilikka 6 oy yakuni boʻyicha hisobot berdi

Shahar hududida 2022-yilning 6-oyi davomida 33 (2021-yil 37) ta jinoyatlar sodir etildi, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan umumiy jinoyatchilik soni 4 taga ya’ni 10, 8 % kamaygan.

Shuningdek, shahar aholisi orasida bir qator manzilli profilaktik ogohlantiruv tadbirlari olib borilishi natijasida qasddan odam o‘ldirish, qasddan badanga yengil shikast yetkazish, bosqinchilik, talonchilik, o‘lim bilan bog‘liq yo‘l transporti hodisalari, transport vositasini olib qochish va nomusga tegish kabi jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Jumladan, shahar hududida jinoyat qidiruv yo‘nalishi bo‘yicha 2022-yilning 6 oyi davomida 20 ta jinoyat sodir etilgan, 2021 yilda 23 ta jinoyat sodir etilib, o‘tgan yilga nisbatan 3 taga 13,0 %ga kamaygan.

Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar soni – joriy yilning 6 oyi mobaynida 13 ta, 2021-yilning shu davrida 17 ta sodir etilib, 4 taga kamaygan;

Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar soni – 2022-yilning 6 oyi davomida 13 ta, 2021 yilda esa 16 ta sodir etilib, 3 taga kamayishiga erishilgan.

Og‘ir turdagi jinoyatlar soni- 2022-yil 6 oyi davomida 7 ta, 2021 yilning shu davrida 2 ta sodir etilgan bo‘lib, 5 taga kamayishiga erishilgan.

-O‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar soni– 2022-yil 6 oyi davomida sodir etilmagan, o‘tgan yilning shu davrida 4 ta sodir etilib, 4 taga kamayishiga erishilgan.

Xususan, jinoyatlarni mahallalar kesimida taqqoslab chiqadigan bo‘lsak:

T/RHudud nomi2022-yil2021-yil
1Mirzo Ulug‘bek mahallasi812
2Do‘stlik mahallasi71
3Vatanparvar mahallasi00
4Amir Temur mahallasi78
5Farhod mahallasi66
6Bunyodkor maxallasi57
7Nurobod mahallasi03
 J A M I3337

2022 yilning 6 oyi davomida shaharning Vatanparvar va Nurobod mahallalarida jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan. Biroq, Do‘stlik va Mirzo Ulug‘bek mahallalarida oldi olinishi lozim bo‘lgan jinoyatlar sodir etilganligi hisobiga «Qizil» mahallalar sifatida hisobga olindi.

Uzoq muddatga ketgan shaxslar bo‘yicha tadbirlarni muvofiqlashtirish yo‘nalishi bo‘yicha:

Hozirgi kunga qadar Shirin shahri hududidan uzoq muddatga chiqib qaytib kelmaganlar soni 693 nafarni tashkil etadi.

2022 yilning 6 oyi davomida 256 nafar fuqarolar uzoq muddatdan yashash joyiga qaytib kelgan.

Qidiruv yo‘nalishi bo‘yicha:

Joriy yilning 6 oyi yakuni holati bo‘yicha jinoyat sodir etib tergov va sud organlaridan yashiringanligi uchun 4 nafar shaxslarga nisbatan qidiruv e’lon qilingan bo‘lib, qidiruvdagi shaxslarning barchasi ushlangan.

Avvalgi yillarda 2 nafar shaxslarga nisbatan qidiruv e’lon qilingan bo‘lib, qidiruvdagi shaxslar chet el fuqaroligini olganligi bois hozirga qadar ushlanmasdan qolinmoqda.

2022-yilning 6 oyi davomida shaxsi noma’lum murdalar 1 tani tashkil etib, shaxsi aniqlanmay qolingan.

Probatsiya xizmati yo‘nalishi bo‘yicha:

Shirin shahar IIB JXX HPB Probatsiya guruhi xisobida jami 29 tani, hisobdan chiqarilganlari 32 tani tashkil qiladi.

Joriy yilning 6 oyi davomida jazodan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarganligi, ijtimoiy hayotga moslashganligi, tuzalish yo‘liga o‘tganligi uchun 7 nafar nazorat ostidagi shaxslar jazodan muddatidan oldin shartli ozod etildi. Biroq, belgilangan jazodan to‘g‘ri xulosa chiqarmay, jazo o‘tash tartibi qoidalarini muntazam buzib, sud tomonidan yuklatilgan cheklov va taqiqlarga amal qilmasdan, qasddan jazo o‘tashdan bo‘yin tovlab yurgan jami 6 nafar nazorat ostidagi shaxslar ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.

Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi yo‘nalishi bo‘yicha:

Joriy yilning 6 oyi davomida shahar hududida 1 ta tan jarohati bilan bog’liq yo’l-transport jinoyati sodir etilshiga yo’l qo’yildi.

Shundan kelib chiqib, shahar hududida avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l transport hodisalarini oldini olish, qoidabuzar haydovchilarni aniqlash va ularni ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha muntazam ravishda reydlar o‘tkazilib kelinib, yo‘l harakati qoidalarini buzgan jami 1403 nafar haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Shundan, 230 ta qo‘pol qoidabuzarlik holatlari aniqlangan.  Misol uchun;

Qoidabuzarlik nomiSoni
1Transport vositasini mast holda boshqarish35
2Quvib o‘tish qoidasi buzilishi127
3Chorrahadan o‘tish qoidasi buzilish holati11
4Odam tashish qoidasini buzish holati57

Shirin shahar Ichki ishlar bo’limi boshlig’i

Akmal Xolmatov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan