Saytimizga hush kelibsiz !

Sirdaryo viloyati prokurori Sanjar Mavlonov Shirin shahrining “Farhod” mahallasida bo‘lib, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar holidan xabar oldi

Dastlab, “Farhod” mahallasida yashovchi “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi va boquvchisini yo‘qotgan G.O‘rinboyeva va 2-guruh nogironi S.Xolmatovalar xonadonida bo‘lib, ular bilan suhbatlashdi.
Ushbu fuqarolarning muammolari o‘rganilib, zarur bo‘lgan dori-darmon vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlandi.
Bundan tashqari, salomatligida nuqsonlari bo‘lganligi sababli davolanayotgan fuqaro X.Sultonovaning murojaatiga asosan unga nogironlik aravachasi va M.Mamatqulovga tirsakli hassa, M.Safarovga eshitish moslamasi topshirildi.
Kun davomida 10 nafar “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turgan xotin-qizlarga kasb-hunarga o‘qiganligi to‘g‘risidagi sertifikatlar va 4 nafariga “EFE BEY” MChJga ishga qabul qilish bo‘yicha yo‘llanmalar topshirildi.
Sektor rahbarlariga aholi muammolarini uyma-uy yurib o‘rganish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan muntazam xabar olish yuzasidan zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan