Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida ma’naviyat va ma’rifat Kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi

2022-yil 31-may kuni Shirin shahar hokimligida shahar Ma’naviyat va ma’rifat kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli qaroriga asosan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2021-2022-o‘quv yili davomida amalga oshirilgan Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha hisobotlar tinglandi.

Yig’ilishda shahar hokimi va uning tegishli o’rinbosarlari, umumiy o’rta ta’lim maktablari diektorlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari, mahalla raislari, tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etgan mazkur yig‘ilishda shahar korxona, tashkilotlarida 2022-yil may oyi holatiga amalga oshirilgan ishlar, o‘rganishlar natijalari ma’lum qilinib, bu bo’yicha tanqidiy va tahliliy ma’lumotlar o’qib eshittirildi. Ushbu sohada jiddiy kamchiliklarga yo’l qo’ygan xodimlarga ogohlantirish berildi. Shuningdek, yig’ilish yakunida tashkilotlar va mahallalarda bu borada amalga oshiriladigan ishlar va muhim vazifalar belgilandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan