Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahar Vatanparvar mahallasiga yangi hokim yordamchisi tayinlandi

Sirdaryo viloyati Shirin shahar hokimining 2022-yil 31-maydagi tegishli qaroriga muvofiq, Raimqulov Abdullajon Axadjon o‘g‘li Shirin shahar “Vatanparvar” mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimiga tayinlandi.

Abdullajon Raimqulov 1994-yil Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tug’ilgan. 2019-yil Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining suv xo‘jaligi va melioratsiyasi yo’nalishini tamomlagan. Ish faoliyati davomida Sirdaryo viloyat Statistika boshqarmasining bir qancha lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Abdullajon Raimqulov ushbu tayinlovga qadar Shirin shahar statistika bo’limi boshlig’i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan