Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida qad rostlayotgan “Yoshlar markazi” binosidagi qurilish jarayonlari ko’zdan kechirildi

Xabaringiz bor, Sirdaryo viloyatining Shirin shahridagi Amir Temur mahallasi hududida joylashgan qurilishi tugallanmagan “Madaniy oqartuv binosi” o‘rnida yangi, zamonaviy, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan “Yoshlar markazi” barpo etilmoqda. Ayni vaqtda esa mazkur obyektda qurilish, ta’mirlash ishlari qizg’in davom etmoqda.
Joriy yilning 27-may kuni bir guruh mutasaddi rahbarlari xususan, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi bo’lim boshlig’i Nodirbek Yusupov, Shirin shahar hokimi Sarvar Sultonov, “Sirdaryo IES” AJ bosh direktori Baxodir Nurdinov va boshqa mas’ullar mazkur obyektda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishishdi.

Ma’lumot uchun, ushbu “Yoshlar markazi”ni qurish bo‘yicha tashabbus o‘tgan 2021- yil 27-fevral sanasida Shirin energetika kollejida, “Energetika vaziri va yoshlar uchrashuvi”da O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri (2022-yil 7-aprel sanasiga qadar ishlagan) Alisher Sultanov va “Issiqlik elektr stantsiyalari” AJ boshqaruvi raisi Farxod Abduraxmanov bilan energetika tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan ochiq muloqat uchrashuvida berilgan taklifga asosan barpo etilishi rejalashtirilgan.
Hozirda ushbu markaz “Sirdaryo IES” AJ tomonidan pudratchi quruvchi tashkilot «ASL MEMOR BUILDS» MChJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan qurilish ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda.

Qurilish obektining umumiy maydoni 2 gektarni tashkil qiladi va asosiy bino ikki qavatdan iborat bo‘ladi. Ushbu zamonaviy dizaynda qurilayotgan “Yoshlar markazi” negizida, yoshlar Coworking markazi, madaniyat markazi, yoshlar agentligi binosi, axborot resurs markazi, IT-Park, ijodiy studiyalar, Book Café va turli to‘garak xonalari, ko‘plab sport obektlari jumladan, badminton, stol tennisi, mini-futbol sun’iy maydonlari kabi inshootlar bo‘lishi rejalashtirilgan.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan