Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida hokim yordamchilariga zamonaviy planshetlar topshirildi

Mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, aholi o’rtasida ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan ko’plab sayi-harakatlar olib borilmoqda. Bu borada har bir tuman, shaharlar bo’yicha mahallalarda tayinlangan hokim yordamchilarining o’rni, ahamiyati ortib bormoqda.

Joriy yilning 26-may kuni Sirdaryo viloyati Shirin shahrida har bir mahallalardagi hokim yordamchilarining ish samaradorligini oshirish, ularning ish faoliyatida qo’shimcha qulaylik yaratish maqsadida ularga zamonaviy planshetlar topshirildi.

Shirin shahar hokimi Sarvar Sultonov hamda tizim tashkilotlari mas’ullari ishtirokida bo’lib o’tgan uchrashuvda shahar hokimi yordamchilarga planshetlarni topshirib, ularning ish faoliyatida kuch-quvvat, muvaffaqiyat tiladi.

Shuningdek, uchrashuv davomida inson qadrini ulug’lash uchun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar davomida “mahallabay” ishlash tizimi orqali hududlarni kompleks rivojlantirish, davlat siyosatini mahallagacha tushirish, aholi bandligini ta’minlash, ularning daromadini ko’paytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, shu orqali kambag’allikni qisqartirish maqsadlari yo’lidagi samarali faoliyati uchun Shirin shahrining Do’stlik, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek hamda Nurobod mahallalaridagi hokim yordamchilariga O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo’chqorovning tashakkurnomalari topshirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan