Saytimizga hush kelibsiz !

Joriy yilning 4 oyi yakuni bo‘yicha Shirin shahar hududida sodir etilgan jinoyatchilik bo‘yicha shahar IIB boshlig’i Akmal Xolmatov qisqacha hisobot berdi

Olib borilgan profilaktik ishlar natijasiga ko‘ra, joriy yilning 4 oyi mobaynida jami 23 ta (2021-yilning shu davrida 25 ta) jinoyatlar sodir etilib, 2 taga ya’ni 8% ga, jinoyat qidiruv sohasi bo‘yicha 14 ta (2021-yilning shu davrida 16 ta) 2 taga ya’ni 12,5 % kamaygan. Lekin shunga qaramasdan, badanga qasddan og‘ir va o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyatlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 taga, firibgarlik jinoyati 2 taga oshganini, tan-jarohati bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalari hamda chegarani buzib o‘tish qoidasi bilan bog‘liq jinoyatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 taga oshgan.

Kelgusida mazkur jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish borasida shahrimiz fuqarolariga nizoli holatlarni qonunda belgilangan tartibda hal etib, inson sog‘lig‘i va hayotiga tajovuz qiluvchi jinoyatlar, shuningdek firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlari sodir etmasliklari, bundan tashqari har bir yo‘l harakati ishtirokchilarini amaldagi yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishlari borasida ogohlikka chaqirib qolamiz.

Shirin shahar IIB

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan