Saytimizga hush kelibsiz !

Qonliko’l yoshlariga e’tibor…

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi Qonliko’l tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush tarzini yanada yaxshilash maqsadida ayni kunlarda Sirdaryo viloyatining tuman hamda shahar ishchi guruhlari tomonidan Qonliko’l tumanida amaliy ishlar olib borildi va bu sayi-harakatlari davom etmoqda.

Xususan, Shirin shahar hokimi Sarvar Sultonov boshchiligidagi shahar ishchi guruhi tomonidan Qonliko’l tumani Jayxun mahallasidagi 6-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilarining bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda o’quvchi yoshlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida turli xil madaniy ko’ngilochar dasturlar tashkil etildi.

Shuningdek, mazkur maktabning moddiy texnik bazasini yaxshilash maqsadida maktabga 1000 dona kitob, 2 turdagi sport anjomlari, 5 turdagi musiqiy asboblar sovg’a qilindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan