Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida firibgarlik jinoyati bo’yicha muhokama bo’lib o’tdi

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Guliston shahar bo‘limi tomonidan Yakka tartbidagi tadbirkor (YaTT) M.N.ning arizasiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, uning tanishi bo‘lgan M.O. firibgarlik yo‘li bilan, 2021-yil 23-mart kuni YaTT M.N. va Sirdaryo viloyat Madaniyat boshqarmasi o‘rtasida milliy liboslar tayyorlash mazmunida qiymati 178 988 000 so‘mlik shartnoma tuzishga erishib, shartnoma bo‘yicha milliy liboslarni o‘ziga tanish bo‘lgan tikuvchilar orqali tayyorlab berish uchun shartnoma mablag‘laridan 65 600 000 so‘m va shartnoma shartlariga binoan go‘yoki milliy liboslar tayyorlanib Madaniyat boshqarmasiga topshirilganligi to‘g‘risida hujjatlarni rasmiylashtirish maqsadida Sirdaryo viloyat Madaniyat boshqarmasi mansabdor shaxslariga berish uchun deb 90 000 000 so‘m shartnoma mablag‘larini M.N.dan naqd pul ko‘rinishida olib, YaTT M.N.ga shartnoma bo‘yicha ajratilgan mablag‘lardan jami 155 600 000 so‘mini o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 11.02.2022 yil IJQK Departamentining Guliston shahar bo‘limi tomonidan M.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “Tilxat” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-sentabrdagi 565-sonli qaroriga muvofiq, og’ir va o’ta og’ir jinoyatlarni sektor rahbarlari ishtirokida muhokama qilib borilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning 25-aprel kuni Shirin shahrida Sirdaryo viloyat IIB boshlig’i Shuhrat Bo’ronov, shahar hokimi Sarvar Sultonov, shahar sektor rahbarlari, tegishli tashkilot rahbarlari, mahalla tizimi xodimlari, mas’ul xodimlar va aholi ishtirokida mazkur sodir etilgan firibgarlik jinoyati yuzasidan muhokama bo’lib o’tdi.

Keng jamoatchilik ishtirokida tashkil qilingan uchrashuvda bu va bu turdagi jinoyatlarni sodir etmaslik, ushbu jinoyatlarning qurboniga aylanib qolmaslik, huquqbuzarliklarni oldini olish borasida tegishli mas’ullarga tavsiyalar, ko’rsatmalar berilib, muhim chora-tadbirlar belgilandi.

Shu bilan birgalikda, sektor rahbarlari tomonidan uchrashuv davomida fuqarolar murojaatlari ham tinglandi.

Shirin shahar IIB

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan