Saytimizga hush kelibsiz !

Ko‘hna Xovos tepaligiga sayohat

Viloyatimizdagi tarixiy joylarni o‘rganish, ziyorat qilish hamda o‘quvchi yoshlarni ma’naviy, tarixy bilimlari va dunyoqarashlarini yuksaltirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida joriy yilning 26-aprel kuni Shirin energetika kollejining bir guruh o‘quvchi yoshlari va ishchi xodimlari uchun Sirdaryo viloyati Xovos tumani Xovosobod mahallasida joylashgan qadimiy »Xovos tepaligi» ziyoratgohi va muzeyiga sayohat tashkil etildi.
Ma’lumot uchun, ko‘hna Xovos 2500 yoshda bo‘lib, »Xovos tepaligi» ziyoratgohining umumiy maydoni 12 gektar, yodgorlikning ark va shahriston qismi deyarli to‘liq saqlanib qolingan. Rabot qismi saqlab qolinmagan. Arkning maydoni 1 gektardan oshiqroq, balandligi esa 20 metrga teng. Xovosobodga »Turizm qishlog‘i» maqomi berilgan bo‘lib, u yerda 28 ta tabarruk qadamjolar bo‘lgan, brioq hozirgi kunda 12 tasi saqlanib qolan.

Shirin energetika kolleji

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan