Saytimizga hush kelibsiz !

Sektor rahbari va yoshlar uchrashuvi

Joriy yilning 20-aprel kuni Shirin shahar 4-sektor rahbari Husniddin Qobilov boshchiligida Amir Temur mahallasida yoshlar yetakchisi Shohruh Anorqulov hamda hokim yordamchisi Bekzod Umarqulov, shahardagi tegishli tashkilot ma’sullari ishtirokida yoshlarning muammo va takliflarini o’rganish maqsadida yoshlar bilan uchrashuv o’tkazildi.

Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan, sektor rahbariga yoshlarning kasb-hunarga bo’lgan qiziqishlari, ularning tadbirkorlik qilishlari uchun moddiy ko’mak berish orqali o’zining bandligini ta’minlash, oiladagi moddiy qiyinchilik tufayli Oliy o’quv yurtlaridagi kontrakt to’lovlarini qoplab berishdagi mavjud muommoli masalalar va shu kabi bir qator boshqa masalalar yuzasidan murojatlari tinglandi. yoshlar tomonidan qilingan murojatlar yuzasidan, 2 nafar yoshlarga kontrakt to’lovini qisman to’lab berish, 1 nafariga sartaroshlik xizmatini yo’lga qo’yish uchun kerakli uskunalar sotib olish uchun subsidiya ajratish, 2 nafarini kasb-hunarga o’qitish, 1 nafarini qurilish ishlariga jalb qilish orqali bandligini ta’minlash masalalari ijobiy hal etildi.

Shirin shahar 4-sektor shtabi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan