Saytimizga hush kelibsiz !

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining navbatdagi 45-sessiyasi bo’lib o’tdi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tashkilot rahbarlari, hokim yordamchilari hamda OAV vakillari ishtirokida joriy yilning 14-aprel kuni Shirin shahar hokimligining kichik majlislar zalida Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining navbatdagi 45-sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar kiritildi:

 – Shirin shahrida qonunbuzarliklarning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish, qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha 2022-yil birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha shahar prokurori Ch. Maxmudovning axboroti;

 – shahar hududida 2022-yil birinchi chorak davomida jinoyatchilikning oldini olish hamda ularning profilaktikasi bo‘yicha qilingan ishlar yuzasidan Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A. Xolmatovning hisoboti;

 – Shirin shahar adliya bo‘limi tomonidan 2022-yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shirin shahar sudi raisi X. Sarmanovning 2022-yil birinchi choragi davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida;

 – Shirin shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori Z. Ergasheva hisoboti;

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 2021-yil 3-dekabrdagi №-PQ-31-sonli qarorining 19 bandi ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Shirin shahridagi Xalq qabulxonasi hisoboti;

– Shirin shahar Ekologiya bo‘limi boshlig‘i U. Nuraliyev 2022-yil birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisoboti;

 – Shirin shahar Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori M. Mamadvaliyevning 2021-yil yakuni hamda 2022-yil birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti;

 – Shirin shahrida 2022-yilda xizmatlar sohasini rivojlantirish Dasturi ijrosi to‘g‘risida;

– O‘zbekiston Respulikasi Oliy Majlis Senatining 2021-yil 31-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishi bo‘yicha reyting tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi SQ-361-sonli qarori ijrosi yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi boshlig‘i F. Alimov hisoboti;

 – shaharni 2022-2023-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha reyting holatini yaxshilash yuzasidan qilingan ishlar yuzasidan axboroti;

 – Shirin shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qilingan ishlar to‘g‘risida;

– 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid shahar Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida;

 – boshqa masalalar.

Mazkur sessiya kun tartibiga kiritilgan har bir masala yuzasidan tegishli mas’ul rahbarlarning hisoboti o’qib eshittirildi. Sessiya yakunida Shirin shahrida yoshlarni qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan OAV vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan