Saytimizga hush kelibsiz !

Olimpiada chempioni Shirin shahar yoshlari bilan uchrashuv o’tkazdi

2020-yilda Yaponiyaning Tokio shahrida bo’lib o’tgan XXXII yozgi Olimpiada o’yinlarida, taekvondo sport turidan mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilib, oltin medal sohibiga aylangan Ulug’bek Rashitov Shirin shahriga tashrif buyurdi.

Joriy yilning 14-aprel kuni Olimpiada chempioni Ulug’bek Rashitov Shirin energetika kollejida yoshlar bilan uchrashuv o’tkazdi. Shirin shahar hokimi, O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi Sirdaryo viloyat Kengashi vakillari hamda Shirin shahrining bir guruh faol yoshlari ishtirokida qiziqarli hamda ochiq muloqot tarzda kechga mazkur uchrashuvda sportga qiziquvchi yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan chempionga murojaat qilib, u bilan o’zaro samimiy suhbat qurildi.

Ulug’bek Rashitov tadbir davomida o’z fikrlarini bildirar ekan, sportda, umuman har qanday sohada tinimsiz mehnat qilish, faqat va faqat olg’a intilib yashash kerakligi va shundagina ko’zlangan maqsadga albatta yetishish mumkinligini ta’kidlab, o’z faoliyati, Olimpiada o’yinlaridagi taassurotlari, chempionlikkacha bosib o’tgan yo’li xususida to’xtalib o’tdi.

Uchrashuv davomida eng qiziqarli savollarni bergan yoshlarga hamda 2020-yilda Yaponiyaning Tokio shahrida bo’lib o’tgan yozgi Olimpaida o’yinlarida sportning takvondo turi bo’yicha chemionlikni qo’lga kiritgan Ulug’bek Rashitovga O’zbekiston Liberal demokratik partiyasining esdalik sovg’alari topshirildi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan