Saytimizga hush kelibsiz !

Stol tennisi bo’yicha Shirin shahrining bir guruh sportchilari O’zbekiston chempionatida ishtirok etadi

Joriy yilning 12-aprel kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida 7-11 sinf o’quvchilari o’rtasida sportning stol tennisi turi bo’yicha “Umid nihollar” musobaqasining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi. Har bir tuman hamda shaharlardan kelgan yosh sportchilar o’rtasida saralash bahslari o’tkazilib, yakuniy natijalarga ko’ra, Shirin shahrining bir guruh yosh sportchilari, jumladan, Sevinch Azimova, Asila Malohiddinova, Avaz Yigitaliyev hamda Aziz Xusainovlar faxrli 1-o’rinni egallab, “Umid nihollar” sport bellashuvlarining respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo’lga kiritdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan