Saytimizga hush kelibsiz !

Fuqarolar uchun navbatdagi qabul o’tkazildi

Aholi murojaatlarini tinglash hamda undagi muammolarni atroflicha hal etish maqsadida joriy yilning 13-aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Shirin shahridagi xalq qabulxonasida fuqarolar uchun sayyor qabul o’tkazildi.

Shirin shahar hokimining o’rinbosari Zokir Abduvoxidov boshchiligida tashkil etilgan mazkur qabulda fuqarolar tomonidan jami 8 ta murojaat yo’llanib, murojaatlarda ishga joylashish, uy-joy bilan ta’minlash, bank-kredit, ichimlik suvi kabi masalalar ko’tarildi.

Har bir murojaatdagi masalalar tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida o’rganilib, 4 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, 2 ta murojaatga huquqiy tushuncha berilgan bo’lsa, qolgan 2 ta murojaat muddat talab qilganligi sababli ijrosi yuzasidan nazoratga olindi.

Shirin shahar 1-sektor shtabi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan