Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahar tibbiyot birlashmasida Butunjahon sog’liqni saqlash kuni keng nishonlandi

Har yili 7-aprel kuni Butunjahon sog’liqni saqlash kuni nishonlanadi. 1948-yilda Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti tashkil topganidan beri va 1950-yilda kuchga kirganidan buyon ushbu bayram tashkilotning ustuvor yo’nalishini ta’kidlash uchun muayyan sog’liqni saqlash mavzusida xabardorlikni shakllantirishga qaratilgan. Shu munosabat bilan, ushbu tashkilot butun dunyoda sog`liqni saqlash borasidagi eng dolzarb muammoni tanlaydi va shu kuni muammo yuzasidan tahlil ishlarini olib boradi.

Sana munosabati bilan, joriy yilning 7-mart kuni Shirin shahar tibbiyot birlashmasida “Assalom tong” shiori ostida ommaviy salomatlik tadbiri tashkil etildi.

Tadbir doirasida ovqatlanish yarmarkasi, aholi uchun tibbiy ko’rik, salomatlik maydonchasi, fitobar, jismoniy faollikni oshirish targ’ibotlari o’tkazildi. Tibbiyot xodimlari tomonida aholiga sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish maqsadida to’g’ri ovqatlanish, sport bilan muntazam shug’ullanish bo’yicha tushintirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, to’g’ri nafas olish gimnastika mashqlari ham namoyish qilindi.

Butunjahon salomatlik kuni insoniyatga turli kasalliklarning oldini olish va uni samarali davolash bo’yicha quyidagicha tafsiyalar beradi:

• Iste’molda tuzni kamaytirish;

• To’g`ri ovqatlanish;

• Alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilmaslik;

• Davomiy jismoniy harakat bilan shug`ullanish;

• Vazn muvozanatini saqlab turish.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan