Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida “Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha eng faol targ‘ibotchi” tanlovi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-5040-sonli qaroriga muvofiq, faoliyati namunali yo‘lga qo‘yilgan umumta’lim maktablarining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilari ish tajribasini ommalashtirish hamda ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi, shahar xalq ta’limi bo‘limi hamkorligida “Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha eng faol targ‘ibotchi” respublika tanlovining Shirin shahar bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur tanlovda 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Sh.Mamatmurodova g‘olib deb topilib, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shirin shahar bo’linmasi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan