Saytimizga hush kelibsiz !

Sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida tashkil etilgan tadbirda Shirin shahar tibbiyot birlashmasi jamaosi munosib ishtirok etdi

Joriy yilniong 5-aprel kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida Xalqaro silga qarshi kurashish kuni munosabati bilan sport-sog’lomlashtirish tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbir davomida viloyatdagi barcha tuman hamda shahar tibbiyot birlashmalari ishtirokida to’g’ri ovqatlanish, sog’lom turmush tarziga rioya qilish kabi yo’nalishlarda targ’ibot ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, tadbirlar davomida tuman hamda shahar tibbiyot birlashmalari jamoalari o’rtasida tashkil etilgan “Assalom tong” nafas mashqi bo’yicha musobaqa tashkil etilid, unda Guliston shahar tibbiyot birlashmasi 1-o’rinni, Shirin shahar tibbiyot birlashmasi 2-o’rinni hamda 3-o’rinni Mirzaobod tuman tibbiyot birlashmalari jamoalari egalladi.

Shu bilan birgalikda, tadbir doirasida turli xil sog’lomlashtirish, sport tadbirlari ham tashkil etildi.

Shirin shahar tibbiyot birlashmasi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan