Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida ota aliment to’lovi o’rniga o’z uyini sobiq ayoliga rasmiylashtirib berdi

Fuqarolik ishlar bo’yicha Boyovut tumanlararo sudining 2019-yil 23-apreldagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor D.X. dan undiruvchi (sobiq ayoli) S.X. foydasiga 1 nafar farzandi ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirilishi belgilangan.

Majburiy ijro byurosining Shirin shahar bo’limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdor D.X. voyaga yetmagan farzandining 18 yoshga to’lgunga qadar aliment to’lovlari uchun o’z uy-joyini sobiq ayoli S.X. ning nomiga o’tkazib, to’lovning qolgan qismi uchun yana 46 mln.so’m mablag’ miqdoridagi to’lovni amalga oshirdi.

Majburiy ijro byurosi Shirin shahar bo’limi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan