Saytimizga hush kelibsiz !

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga subsidiya asosida mevali daraxt ko’chatlari yetkazib berildi

Aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning ijtimoiy holatini yaxshilash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo’llab-quvvatlash hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida atrof-muhitni ko’kalamzorlashtirish maqsadida joriy yilning 22-fevral kuni Shirin shahar hokimligi, aholi bandligiga ko’maklashish markazi, shahar mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi, Respublika ishchi guruhi vakili, mahallalardagi hokim yordamchilari ishtirokida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi maxsus jamg’armasi hisobidan Shirin shahrida yashovchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj, tomorqasi mavjud bo’lgan 30 nafar oilalarga subsidiya asosida jami 306 tup mevali daraxt ko’chatlari yetkazib berildi.

Fuqarolarga mevali daraxt ko’chatlarini tarqatish mobaynida tashkilotchilar tomonidan aholi tomorqalariga ko’chatlarni ekish ishlariga ham ko’maklashildi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan