Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida “Yashil makon” umummliy harakati davom etmoqda

Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 2-fevral kuni “Chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish va hududlardagi ekologik holatni yaxshilash, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha 2022-yildagi ustuvor vazifalar”ga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda hududlarni obod qilish va ko’kalamzorlashtirish maqsadida Shirin shahrida bo’sh yer maydonlari, “Janubiy Mirzacho’l” kanali tevaragiga manzarali archa ko’chatlari ekish ishlari olib borilmoqda.

Shirin shahar Mirzo Ulug’bek mahallasi hududiga tutash bo’lgan “Janubiy Mirzacho’l” kanali atrofiga jami 500 tup manzarali archa ko’chatlari ekilmoqda.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Shirin shahrining qolgan hududlariga ham mevali hamda manzarali daraxt ko’chatlarini ekish ishlari davom etmoqda.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan