2022-yil 18-fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shirin shahar sudining raisi X.Sarmanov tomonidan jinoyatchilik ko‘rsatkichlari oshib, “Qizil” hududga kiritilgan Shirin shahar Bunyodkor, Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida profilaktik tadbirlar doirasida aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Shirin shahar IIB taqdim qilgan ma’lumotga ko‘ra, Bunyodkor mahallasida o‘g‘rilik jinoyati 2021-yilda 2020-yilga nisbatan 2 taga, Do‘stlik mahallasida 3 taga ko‘paygan, shuningdek, Bunyodkor mahallasida 2020-yilda bosqinchilik jinoyati sodir etilmagan bo’lsa 2021-yilga kelib ushbu turdagi jinoyat qayd etilgan, Do‘stlik mahallasida qasddan odam o‘ldirish jinoyatlari sodir qilingan.
Jinoyat ishlar bo’yicha Shirin shahar sudi raisining aholi bilan uchrashuvlarida o‘g‘rilik, bosqinchilik, giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish jinoyatlari tushunchasi va javobgarlik asoslari, jinoyatni sodir etishga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish va uni oldini olish kabi dolzarb masalalar bo‘yicha aholiga tushuntirishlar berildi.
Jinoyat ishlari bo’yicha Shirin shahar sudi