Joriy yilning 18-fevral kuni Shirin shahar hokimligining kichik majlislar zalida shahar hokimi Sarvar Sultonov boshchiligida shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha tashkil qilingan “Loyiha guruhi” yuzasidan guruh a’zolari ishtirokida yig’ilish o’tkazildi.
Yig’ilishda makroiqtisodiy ko’rsatkichlarga ega bo’lgan bir guruh yirik tadbirkorlik subyektlari, tegishli tashkilot rahbarlari, mahallalar bo’yicha tayinlangan hokim yordamchilari ishtirok etdi.
Tadbirda shahar hokimi “Loyiha guruhi”ning asosiy 10 ta vazifalari xususida alohida to’xtalib, har bir yo’nalishda guruh faoliyati qanday funksional vazifalarga asoslanishi, belgilangan yo’nalishlar bo’yicha aniq manzilli rejalar ishlab chiqish va uni realizatsiya qilish, shaharning iqlim, ekologik, infratuzilmaviy sharoiti va boshqa jihatlarini chuqur tahlil qilgan holda bo’sh turgan binolarni yirik ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlariga ajratish, yangi ish o’rinlarini yaratish borasida topshiriqlar berib o’tdi.
Shuningdek, guruh faoliyati doirasida “Tadbirkorlar kengashi”ni tashkil etish, tegishli tashkilotlar bilan uzviy hamkorlikni yo’lga qo’yish orqali ishni sifatli tashkil etish, xorijiy ilg’or tajribalardan keng foydalangan holda yangi loyihalar ishlab chiqish borasida o’zining tegishli tavsiyalarini berdi.
Yakunda “Loyiha guruhi”ning faoliyatini tizimli va samarali tashkil etish bo’yicha amalga oshiriladigan muhim vazifalar belgilab olindi.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati