Saytimizga hush kelibsiz !

“Yangicha fikrlash muvaffaqiyatlar omili” loyihasi doirasida tabdir o’tkazildi

Bugun, 18-fevral kuni Shirin shahar 1-umumiy o’rta ta’lim maktabida O’zbekiston Qizil yarim oy jamiyati Sirdaryo viloyat Shirin shahar bo’linmasi hamda O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Shirin shahar Kengashi tomonidan “Yangicha fikrlash muvaffaqiyatlar omili” loyihasi doirasida “Jamiyat islohotlar tashabbuskori” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Qizil yarim oy jamiyati Shirin shahar bo’linmsi ijrochi direktori X. Xalilov, ”Milliy tiklanish” demokratik partiyasi shahar Kengashi raisi U. Normatov, Adliya bo’limi boshlig’i I. Xakimov, jurnalist U. Xalilov va o’quvchi yoshlar ishtirok etishdi.

Mazkur tadbir davomida so’zga chiqqanlar bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga va ularning ta’lim tarbiyasiga qaratilayotgan g’amxo’rlik, e’tibor xususida alohida to’xtalib o’tdi.

Tadbir yakunida har jihatdan ilg’or, boshqa o’quvchi yoshlarga o’rnak bo’la oladigan bilimli o’quvchi yoshlar tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan