2022-yil 10-fevral kuni Shirin shahar Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari bilan “Sirdaryo IES” AJ ishchi xodimlari o‘rtasida soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar, iste’molchi huquqlari va majburiyatlari, yangi imkoniyatlar haqida kengaytirilgan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda, joriy yilning 1-yanvardan boshlab chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida amalga oshirilgan xarid uchun berilgan onlayn nazorat-kassa texnikasi cheklari QR-kodini soliq mobil ilovasida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslar xarid summasidan 1% keshbekka ega bo‘lishi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
«Sirdaryo IES» AJ matbuot xizmati