Shirin shahrida sektor rahbarli boshchiligida aholi muammolarini o’rganish va ularni hal etish borasidagi chora-tadbirlar tizimli ravishda davom etmoqda.
Joriy yilning 31-yanvar kuni Shirin shahar 1-sektor rahbari Sarvar Sultonov boshchiligida tashkilot rahbarlari va tegishli mas’ullari ishtirokida Farhod mahallasida sayyor qabul o’tkazildi.
O’z murojaatlari bilan kelgan jami 14 nafar fuqarolar tomonidan ishga joylashish, tibbiy yordam jihatidan order olish, huquqiy va boshqa masalalarda murojaatlar tinglandi.
Sayyor qabul davomida 7 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, 5 ta murojaatga huquqiy tushuncha berilgan bo’lsa qolgan 2 ta murojaat muddat talab qilganligi bois qat’iy nazoratga olindi.
Shirin shahar 1-sektor shtabi