Saytimizga hush kelibsiz !

Xalq deputatlari Shirin shahar kengashining navbatdagi 41-sessiyasi bo’lib o’tdi

Joriy yilning 28-yanvar kuni Shirin shahar hokimligining kichik majlislar zalida deputatlash, sektor rahbarlari, OAV vakillari hamda tashkilot rahbarlari ishtirokida Xalq deputatlari Shirin shahar kengashining navbatdagi 41-sessiyasi o’tkazildi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:

  • Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining hamda doimiy komissiyalarning 2022-yilga mo’ljallangan ish rejalarini tasdiqlash;
  • Jinoyat ishlari bo’yicha Shirin shahar sudi raisi v.b. J.Jabborovning 2021-yil davomida amalga oshirgan ishlari bo’yicha axboroti;
  • fuqarolik ishlari bo’yicha Boyovut tumanlararo sudining raisi Z.Fayziyevning 2021-yil davomidagi faoliyati bo’yicha axboroti;
  • shaharda qonunbuzarliklarni oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish, qonun ustuvorligini ta’minlash bo’yicha 2021-yllda amalga oshirilgan ishlar bo’yicha shahar prokurori Ch.Maxmudovning axboroti;
  • shahar hududida 2021-yil davomida jinoyatchilikni oldini olish harnda ularning profilaktikasi bo’yicha qilingan ishlar yuzasidan ichki ishlar bo’limi boshlig’i A.Xolmatovning hisoboti;
  • O’zbekiston Respublikasi  Plezidentining  Shirin shahridagi Xalq qabulxonasi mudirining 2021-yil yakunlari bo’yicha shahar Kengashiga axboroti;
  • Shirin shahar Adliya bo’limi boshlig’i l.Hakimovning 2021-yil davomiida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Shirin shahar Kengashiga axboroti;
  • Majburiy ijro byurosi Shirin shahar bo’limi boshlig’i Q.Xalilovning 2021-yil mobaynida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti;
  • Shirin shahrida 2022-yilda xizmatlar sohasini rivojlantirish Dasturini tasdiqlash to’g’risida;
  • shahardagi mavjud ko’p qavatli uy-joylarga texnik xizmat ko’rsatuvchi shirkatlarga uy-joy mulkdorlari tomonidan to’lanadigan majburiy badal to’lovlarining tarif summasini tasdiqlash to’g’risida;
  • shahar mahalliy budjetining 2022-yil 1-yanvar holatiga shakllantirilgan erkin qoldiq jamg’armasi hisobidan mablag’lar ajratish to’g’risida;
  • Shirin shaharda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PF-6166-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash to’g’risida;
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” va “Obod mahalla» Dasturlarini amalga oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-5048-sonli qarori ijrosi bo’yicha shaharda amalga oshiriladigan ishlar haqida;
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida shaharda amalga oshirilgan ishlar to’g’risida;
  • boshqa masalalar.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli rahbarlar o’z hisobotlari va axborotlarini deputatlarga o’qib eshittirilib, kun tartibidagi barcha masala ko’rib chiqildi va deputatlar tasdig’i asosida kengash qarorlari tasdiqlandi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan